Yangiliklar 19-03-2024, 10:40

Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari

Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari

 

            Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

 

            Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

 

            Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

 

            Davlat 18 yoshga to‘lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko‘rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta’minlanishini kafolatlaydi.

 

 

Tuproqqal’a tuman Yuridik 

xizmat ko`rsatish markazi 

Bosh yuriskonsulti                                                               Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang