Yangiliklar 25-06-2024, 16:24

Avtotransportni qayta roʻyхatdan oʻtkazish stavkalari keskin pasaymoqda

Avtotransportni qayta roʻyхatdan oʻtkazish stavkalari keskin pasaymoqda



O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (03.05.2024 yil, AVdagi roʻyхat raqami 2303-6).

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkasi BHMning 10% miqdorida belgilanmoqda.

 Ilgari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari, boshqa avtotransportlar uchun esa – BHMning 6,84 baravari miqdorida toʻlov amalga oshirilgan.

Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang