Yangiliklar 25-06-2024, 16:28

Baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar faoliyati qanday baholanadi

Baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar faoliyati qanday baholanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024 yildagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori qabul qilindi.

 Prezidentning 21.02.2024 yildagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoniga muvofiq quyidagilar joriy etiladi:

umumta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholash;

yangi tizimni samarali joriy etgan, ta’lim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga Davlat byudjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktab oʻqituvchilari va rahbarlarini baholash, shuningdek ustama toʻlash oʻquv yili yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.

 Hujjat bilan Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumta’lim maktablari roʻyхatini shakllantirish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarida doimiy ravishda ishlaydigan monitoring guruhlari tuziladi.

Monitoring guruhi rahbarlar va oʻqituvchilar roʻyхatini shakllantirishni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiradi:

1) baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida oʻquvchilarning yillik oʻrtacha baholarini tahlil qiladi hamda tegishli hududning eng yaхshi natija koʻrsatgan birinchi maktablarini saralab oladi;

2) belgilangan bilimni baholash mezonlari, oʻquvchilarni soʻrovdan oʻtkazish va boshqalar asosida saralab olingan maktablar ballarining umumiy sonini tahlil va hisob-kitob qiladi.

 Tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan reytingda eng yaхshi natijalarni koʻrsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablari ish  haqiga 40 foiz ustama oladi. Keyingi 10 foiz umumta’lim maktablari 30 foiz ustama oladi. Soʻngra reytingdagi 15 foiz umumta’lim maktablari – 15 foiz ustama oladi. Saralab olingan maktablarning qolgan qismi – 10 foiz ustama oladi.

Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang