Yangiliklar 28-06-2024, 10:49

Patentlangan ob’yektlardan noqonuniy foydalanish qisqartiriladi

Patentlangan ob’yektlardan noqonuniy foydalanish qisqartiriladi


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 05.06.2024 yildagi “Sanoat namunalarini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999 yil 2 iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-929-son Qonun imzolandi.

 Gaaga bitimining Jeneva akti oʻz mahsulotlarini, eng avvalo хorijiy bozorlarda targʻib qilishdan manfaatdor boʻlgan sub’yektlarga sanoat namunalarini roʻyхatdan oʻtkazishning milliy tizimlarga nisbatan ancha qulay tartib-taomillaridan foydalanish imkonini beradi.

 Xususan, milliy ishlab chiquvchilar bitta arizani Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) berishlari mumkin, u barcha tartib-taomillarni bajarishni va hujjatlarni yuborishni oʻz zimmasiga oladi.

 Qonunning qabul qilinishi milliy ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek yangi mahsulot yaratishda ularning javobgarligini oshirish va ishlab chiqarishda patentlangan ob’yektlardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashadi.

 Bundan tashqari, ushbu halqaro hujjatga qoʻshilish mamlakatimizning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻladi.

Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang