Yangiliklar 28-06-2024, 10:52

Ta’lim kreditini kimlar oladi

Ta’lim kreditini kimlar oladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 27.05.2024 yildagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoni qabul qilindi.

 Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan Davlat byudjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida ta’lim krediti beriladi.

 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ta’lim krediti ajratishning yangi tartibi joriy etiladi:

oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratish;

ta’lim kreditini:

– oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun –toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

– oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratish (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

Shuningdek, hujjat bilan ta’lim krediti quyidagilar uchun ajratilishi belgilandi:

oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) aхborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) aхborot tizimida mavjud boʻlganda;

professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun - oʻquvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) aхborot tizimida mavjud boʻlganda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024 yil 1 iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz” va “prof.edu.uz” aхborot tizimlari orqali shakllantirish topshirildi.

 2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar ta’lim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Ta’lim krediti" aхborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va YaIDXP orqali topshirish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilmoqda.


Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang