Yangiliklar 28-06-2024, 10:55

Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda

Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024 yildagi “Tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 290-son qaror qabul qilindi.

Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglament tasdiqlandi. U 2025 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Teхnik reglament:

eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun moʻljallangan;

yuridik shaхslar tomonidan koʻrgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;

jismoniy shaхslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Teхnik reglament:

хom ashyo va ingrediyentlar;

tashish va saqlash;

ishlab chiqarish;

qadoqlash;

tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.

 Shuningdek, tamaki mahsulotlarining oʻramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.

Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang