Yangiliklar 24-06-2025, 09:58

Pedagoglarni rag‘batlantirish

Pedagoglarni rag‘batlantirish

Kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishganligi uchun pedagoglar “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat mukofotlariga, xususan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlari hamda boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.

Pedagoglik maqomi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-901-sonli qonuniga asosan, Xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mukofot pullari to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amaldagi qonunchilikka muvofiq moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari belgilanishi mumkin.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida pedagogning lavozim maoshiga har oyda hisoblanadigan, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haq va ustamalar ushbu tashkilotlarning muassislari yoki vakolatli shaxslari tomonidan belgilanadi.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult M.Sadikova.


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang