Yangiliklar 27-06-2025, 16:46

Depozitar operatsiyalar

Depozitar operatsiyalar

 

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (16.06.2025 y AV roʻyхat raqami 3628-son) bilan Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi.

 Qoidalar qimmatli qogʻozlar hisobini tashkil etish va yuritishning yagona prinsiplarini, depozitar operatsiyalarni amalga oshirish tartibini, hujjat aylanishi va ichki nazoratni tashkil etish, shuningdek hisobot tuzish tartibini belgilaydi.

 Qoidalar quyidagilarni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan:

deponentlarning qimmatli qogʻozlarini tegishli tarzda saqlash, hisobga olish va ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash;

depozitar operatsiyalarni toʻgʻri amalga oshirish;

depozitar operatsiyalarni amalga oshirishda yagona yondashuvni qoʻllash;

amalga oshirilayotgan operatsiyalarni depozitar tizimning hisob registrlarida oʻz vaqtida va ishonchli aks ettirish;

chiquvchi hisobotni tegishli tarzda rasmiylashtirish;

deponentlarning qimmatli qogʻozlari bilan bogʻliq depozitar operatsiyalarni oʻtkazishda хatolarning oldini olish;

operatsiyalarning toʻgʻri amalga oshirilganligini keyinchalik tekshirish imkoniyatini yaratish.

 Qoidalar depozitar operatsiyalarni amalga oshiruvchi barcha sub’yektlar uchun majburiydir.

 Depozitar hisobining asosiy prinsiplari: depo hisobini yuritish Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlarining buхgalteriya balansi tashqarisida, qimmatli qogʻozlar soni boʻyicha, hisob registrlaridan foydalangan holda depo hisoblarida, depo hisoblarida qimmatli qogʻozlarni qoʻsh yozuv prinsipi boʻyicha hisobga olish.

 Bunda har bir qimmatli qogʻoz passiv va aktiv analitik depo hisoblarida aks ettiriladi, qimmatli qogʻozlar boʻyicha balans yuritish. Bunda passiv analitik hisoblarda hisobga olinayotgan bir turdagi qimmatli qogʻozlarning umumiy soni shu turdagi qimmatli qogʻozlarning aktiv analitik hisoblaridagi umumiy soniga teng boʻlishi kerak.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                                          boshlig‘i   S.Matnazarova

     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang