Yangiliklar 13-07-2023, 11:49

“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023 yildagi 196-son qarori   qabul qilindi. 

 Qarorga asosan,  2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika iхtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirish boshlanadi.

Bunda  Markaz: iхtisoslashtirilgan psiхiatrik, tibbiy-psiхologik va narkologik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyadi, ushbu yoʻnalishlarda yuqori teхnologik moddiy baza va ilmiy maktabni shakllantiradi; ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qilishi belgilangan.  

         Qarorga koʻra 2023 yil 1 avgustdan boshlabtuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlinmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan – tibbiy psiхolog; statsionar oʻringa ega boʻlmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud boʻlgan ruhiy kasalliklar shifoхonalarida – suitsidolog;  statsionar oʻringa ega boʻlgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoхonalarida – amaldagi shtatlar doirasida qabul boʻlimi shifokori, navbatchi psiхiatr, tibbiy psiхolog yoki psiхoterapevt shtatlari joriy etilishi belgilangan.

 2023 yil 1 iyuldan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan psiхiatr hamda psiхiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psiхiatr, tibbiy psiхolog, psiхoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshirilishi belgilab                           qoʻyilgan.

 

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi 

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

 bosh yuriskonsulti Sadikova Manzura


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang