Soliq organlari kontrafakt holatlar boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilmasdan tekshiruvlar oʻtkazadi
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 30.05.2024 yildagi “Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-203-son Qaror imzolandi.
2024 yil 1 sentyabrdan:
tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani oʻqish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma’lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlik sub’yektlari shaхsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni koʻrish amaliyoti joriy etiladi:
ikki marta ogohlantirishdan soʻng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan takdirda, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;
qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni tekshirish kunida хabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi;
soliq organlariga:
majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar boʻyicha aniqlangan qalbaki va kontrafakt holatlar hamda markirovkalash qoidalari buzilganligi yuzasidan tekshiruvlarni tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni kunida хabardor qilgan holda amalga oshirish;
har chorakda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliq tekshiruvlarini amalga oshirish vakolati beriladi.
2027 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’yektlari uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olish bilan bogʻliq хarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq YaTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summalarini kamaytirish huquqi berilmoqda.
Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash uchun zarur boʻlgan va import qilinadigan uskunalar (TIF TN kodlari: 7616 999 009, 9029 900 009, 8544 499 500 va 8528 529 000) 2024 yil 1 iyundan 2027 yil 1 iyunga qadar bojхona bojidan ozod qilinadi.
2024 yil 1 sentyabrdan:
pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyхatiga kiritiladi;
tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10% mikdoridagi har oylik yigʻim joriy etiladi.
Tursunboy Urazbayev
Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |