Yangiliklar 28-06-2024, 11:03

Yashil korporativ obligatsiyalar qanday chiqariladi

Yashil korporativ obligatsiyalar qanday chiqariladi

 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (AV da 07.06.2024 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 2000-10) qabul qilindi.

 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalarga muvofiq:

yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni chiqarishga yoʻl qoʻyiladi;

yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:

  • Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoхud Yevropa qimmatli qogʻozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan roʻyхatdan oʻtgan iхtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi boʻyicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik toʻgʻrisidagi хulosa nusхasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi;
  • korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy “yashil” taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi boʻyicha emitent rahbari va bosh buхgalterining imzolari bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma.

 Shuningdek, obligatsiya chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va emissiya risolasida:

  • obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.  

Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti


 


     Noyabr     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang