Yangiliklar 13-06-2024, 10:39

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini sud tartibida ko‘rib chiqish

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini sud tartibida ko‘rib chiqish

Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud xarajatlaridan ozod qilinadi.

Mehnat Kodeksining 558-moddasiga asosan, Quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rib chiqiladi: agar xodimning ish joyida mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tuzilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini va asoslari ta’rifini o‘zgartirish haqidagi, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi, xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligi tufayli etkazilgan ziyonning o‘rnini yoxud xodimning mol-mulkiga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash haqidagi, ish beruvchi tomonidan xodimga etkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi, ishga qabul qilish rad etilganligi haqidagi, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda oldindan hal etilgan masalalar yuzasidan, xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan; o‘zini mehnat qilish va mashg‘ulotlar sohasida kamsitilishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning, xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi.

 

 

 

Tupproqqal’a tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish 

                                                                                                             Bosh yuristkonsulti Sadikova M

     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang