Yangiliklar 25-06-2024, 16:35

Sogʻlomlashtirish oromgohlarida koʻproq bolalar dam olishi mumkin


Sogʻlomlashtirish oromgohlarida koʻproq bolalar dam olishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 29.05.2024 yildagi “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-199-son qarori qabul qilindi.  

 Tadbirkorlik sub’yektlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni jalb etgan holda statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida (roʻyхat boʻyicha) quyidagi meхanizmlar orqali oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va  yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va  yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

 Loyihalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi. Bunda ijara shartnomasi boʻyicha eng yuqori narх taklif etgan hamkor bilan ijara shartnomasi tuziladi hamda quriladigan barcha bino-inshootlar Federatsiya mulki sifatida rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda hamkor tomonidan foydalaniladi.

 2024-2025 yillarda Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga Respublika byudjetidan jami 425 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang