Yangiliklar 13-06-2024, 11:03

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga belgilangan kafolatlar!

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga belgilangan kafolatlar!

Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadigan eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi deb belgilangan.

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 412-moddasiga asosan,  o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda qo‘llash taqiqlanishi qayd qilingan.

Shunga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qaroriga asosan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlangan.

Bunda, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ular uchun belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalardan ortiq bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishi va tashishi taqiqlanadi.

 

Tupproqqal’a tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish 

Boshyuristkonsulti Sadikova M

 


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang