Dam olish kunlarida mehnatga haq to‘lash tartibi

Mehnat kodeksining 263-moddasiga asosan dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun quyidagilarga kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi:
ishbay ishlovchilarga — kamida ikki hissali ishbay baholar bo‘yicha;
mehnatiga kunbay va soatbay tarif stavkalari bo‘yicha haq to‘lanadigan xodimlarga — kunbay yoki soatbay tarif stavkasining kamida ikki hissasi miqdorida;
maosh oladigan xodimlarga — har bir ishlangan kun yoki soat uchun maoshdan tashqari kunbay yoki soatbay stavkasining kamida bir hissasi miqdorida.
Jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.
Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi Bosh yuriskonsulti Urazbayev Tursunboy

Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | 4 | |||
5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 |
19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 |
26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Tibbiy ko'rik 06.05.2025 y

Соғлом ҳаёт сари яна бир қадам:

1. "Kichik va o‘rta biznesning

“Bojxona yig'imlari stavkalarini
