Yangiliklar 28-03-2025, 11:18

2. "Xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yig‘ilishlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi to‘g‘risida" gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

  1. "Xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yig‘ilishlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi to‘g‘risida" gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3613, 24.03.2025 y.)
  2. Mazkur Nizom aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar boshqaruv organlarining yig‘ilishlarida ishtirokchilar tomonidan axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibini belgilaydi.

    Nizomga ko‘ra, jamiyat tomonidan ishtirokchilarga yuboriladigan yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi, shuningdek quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatiladi:

    yig‘ilishda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish amalga oshiriladigan platformaning nomi va unga kirish uchun havola; 

    platformada identifikatsiyadan o‘tish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlar;

    platformadan foydalanishni taʼminlovchi texnik xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqamlari.

    Ishtirokchilar platformaning videokonferensaloqa rejimi orqali yig‘ilishda ishtirok etadilar.

     

    Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.R. Sadikova


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang