“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko'ra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi (Qo'mita) raisi va uning o'rinbosarlari zimmasiga 2025 yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bog'lari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta ko'rib chiqish;
sanoat xavfsizligini ta'minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmog'ida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qo'mitaga o'tkaziladi.
Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.
Qo'mita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:
Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Temir yo'l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.
2025-yil yakunigacha “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo'llash tartibi joriy etiladi.
Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i S.S. Matnazarova

Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | 4 | |||
5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 |
19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 |
26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Tibbiy ko'rik 06.05.2025 y

Соғлом ҳаёт сари яна бир қадам:

1. "Kichik va o‘rta biznesning

“Bojxona yig'imlari stavkalarini
