Yangiliklar 22-03-2025, 12:40

“Qoraqalpog'iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-453-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

 “Qoraqalpog'iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-453-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan Qoraqalpog'iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;

Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o'quv-simulyatsion markaz va mehmonxona.

Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.

Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan:

▪️tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

▪️tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;

▪️telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.

2025/2026-o'quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

2025-yil 1-oktabrdan Akademiya faoliyati to'liq yo'lga qo'yiladi.

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.R. Sadikova

 


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang