Yangiliklar 19-03-2025, 12:41

“Hukumat qarori bilan Avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash metodikasi tasdiqlandi” (19.12.2024 yildagi 855-son)

“Hukumat qarori bilan Avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash metodikasi tasdiqlandi” (19.12.2024 yildagi 855-son)

Metodika quyidagilarni nazarda tutadi:

hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasi ko'rsatkichlarini belgilash;

hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash;

avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash;

avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifati bo'yicha hududlarning reytinglarini belgilash.

Shuningdek:

ikki yilda bir marta 1-fevralgacha Transport vazirligi tomonidan avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturi tasdiqlanadi;

avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifati bo'yicha hududlarning reytinglari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (KRI)ni aniqlashda hisobga olinadi.

Transport vazirligi:

2025-yil 1-noyabrgacha joylardagi hokimliklar bilan birgalikda shaharlarning avtotransportda yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini baholaydi;

2025-yil 10-noyabrgacha baholash natijalariga ko'ra aholiga transport xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha respublika shaharlarining reytingi e'lon qilinadi.

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti T.O. Urazboyev


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang