Yangiliklar 15-03-2025, 12:43

“Davlat sirlari to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1016-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi

“Davlat sirlari to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1016-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi

Qonun O'zbekiston manfaatlarini ko'zlab ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog'lik boshqa faoliyatni amalga oshirish chog'ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. 

Ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O'zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar ro'yxatiga asosan amalga oshiriladi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to'g'risidagi o'z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo'ladi.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo'lgan mazkur ma'lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:

maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;

maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;

maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo'lgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.R. Sadikova


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang