Yangiliklar 18-03-2025, 12:44

“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo'yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi to'g'risidagi”

“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo'yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi to'g'risidagi” yo'riqnoma Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3591, 25.12.2024 y.)

Unga ko'ra, kripto-aktivlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida xatlash, musodara qilish, yetkazilgan zararni qoplash uchun olib qo'yilishi hamda dalil sifatida e'tirof etilishi mumkin.

Kripto-aktivlar bilan bog'liq tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o'tkazish kripto-aktivlar bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi shart.

Quyidagi ma'lumotlar kripto-aktivlar bilan bog'liq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari bo'lishi mumkin, jumladan:

▪️shubhali operatsiyalar to'g'risidagi xabarlar;

▪️xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar;

▪️nazorat qiluvchi (litsenziyalovchi) organlarning ma'lumotlari;

▪️ochiq axborot manbalaridan olingan ma'lumotlar.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida kripto-aktivlar bilan bog'liq huquqbuzarliklarga oid ma'lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:

axborot tashuvchi qurilmalar;

kripto-hamyonlar;

qog'oz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qo'lyozma va yozuvlar.

Olib qo'yilgan, xatlangan va dalil sifatida e'tirof etilgan kripto-aktivlarning hisobi surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan yuritiladi.

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti T.O. Urazboyev


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang