“Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (897-son 27.12.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda:
barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga ko'ra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish bo'yicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:
➖YIDXP (my.gov.uz);
➖“Ijtimoiy karta” mobil ilovasi;
➖“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda ➖alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
➖moliyaviy agent.
Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta'minlash maqsadida:
▪️2025 yil 1 yanvardan boshlab “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovani texnik qo'llab-quvvatlash ijtimoiy karta bo'yicha to'lov xizmatlarini ko'rsatuvchi to'lov tashkilotining tunu-kun faoliyat ko'rsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
▪️ 2025 yil 1 fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo'yicha Agentlikning axborot-ma'lumotnoma xizmatlarini ko'rsatuvchi “1070” qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko'rsatadigan xizmati (“Ishonch telefoni”) faoliyati test rejimida yo'lga qo'yiladi.
Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i S.S. Matnazarova

Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | 4 | |||
5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 |
19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 |
26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Tibbiy ko'rik 06.05.2025 y

Соғлом ҳаёт сари яна бир қадам:

1. "Kichik va o‘rta biznesning

“Bojxona yig'imlari stavkalarini
