Yangiliklar 13-03-2025, 12:57

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1018-son, 13.01.2025 y.) bilan “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga qo'shimchalar va o'zgartirish kiritildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1018-son, 13.01.2025 y.) bilan “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga qo'shimchalar va o'zgartirish kiritildi

“Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo'ysunuvi o'zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o'zgarganda ular qayta davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun davlat bojini to'lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, sug'urta qildiruvchilar majburiy sug'urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da'volar yuzasidan davlat bojini to'lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo'shimchalar kiritilmoqda.

Bunda sug'urta qildiruvchilar (sug'urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug'urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da'volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod etiladi.

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.R. Sadikova


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang