Yangiliklar 13-03-2025, 13:07

Prezident qarori (PQ-33-son, 30.01.2025 y.)

“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-33-son, 30.01.2025 y.) qabul qilindi 

Qarorga ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta'minlash;

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo'llash mexanizmlarini kengaytirish;

davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o'rnatish;

ma'muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda ma'muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo'lgan ishonchini yanada oshirish;

davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta'sirchan mexanizmlarini to'liq joriy etish;

ma'muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.

Qarorga ko'ra,   ma'muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etiladi: 

qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta'minlash;

ma'muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o'z huquqlarini himoya qilish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi: 

davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma'muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta'minlash;

ma'muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv institutini joriy etish;

ma'muriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va sudning xususiy ajrimi bo'yicha choralar ko'rmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rish vakolatini berish.

2025 yil 1 maydan tadbirkorlar tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo'yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalarni to'xtatib qo'yish tartibi joriy etiladi. 

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.R. Sadikova


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang