Farmonga ko'ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tugatiladi.
Ipakchilik qo'mitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qo'mita va vazirliklarga o'tkaziladi:
yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasiga;
pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda “O'zbekipaksanoat” uyushmasiga;
Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho'l-yaylov ozuqabop o'simliklar urug'chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qo'mitasi tizimiga;
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O'zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimiga.
Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:
Veterinariya qo'mitasi muassisligida Qoraqalpog'iston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xo'jaliklari (hududiy yaylov xo'jaliklari);
Veterinariya qo'mitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xo'jaligini rivojlantirish boshqarmasi;
Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorako'lchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish bo'yicha respublika komissiyasi.
Hududiy yaylov xo'jaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, o'zlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida o'rmon xo'jaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi.
Yaylovlar chorvachilik va boshqa xo'jaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan to'g'ridan-to'g'ri ijaraga berilishi mumkin.
Yaylovlar 49 yilgacha ijaraga beriladi.
2025-yil 1-dekabrgacha yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi.
Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i S.S. Matnazarova

Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | 4 | |||
5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 |
19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 |
26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Tibbiy ko'rik 06.05.2025 y

Соғлом ҳаёт сари яна бир қадам:

1. "Kichik va o‘rta biznesning

“Bojxona yig'imlari stavkalarini
