Yangiliklar:
O‘zbekiston qonunchiligida 2024-yil 1-iyundan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etdi.
“Ekologik transport” tizimi ishga tushiriladi
Tizim doirasida:
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari
BHMning 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratilishini nazarda tutuvchi “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkaziladi.
Mehnat muhojirlariga kompensatsiya to‘lanadi
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun imtiyozli ipoteka
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ajratiladi. Bunda:
Toshkent va Nukusda hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etmaguniga qadar abonentlarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash joriy qilinmoqda (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno). Cheklov chiqindi bo‘yicha 6 oylik qarzdorlik mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi.
Barcha hududlar brutto-shartnomalarga o‘tkazilmoqda
Nukus va boshqa viloyat markazlarida muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi ishga tushiriladi. Ilgari bu tizim:
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari maktablarning tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Yangi uylarga seysmik talablar o‘rnatilmoqda
8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalashtiriladi.
Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalashtiriladi.
Davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshadi
Davlat bolalar bog‘chasida bolalar taʼminoti uchun to‘lov miqdori joylashgan joyi, bo‘lish vaqti va bir oiladan boradigan bolalar soniga qarab o‘rtacha 18,7–21 foizga oshiriladi.
Xorijiy kompaniyalar uchun huquqiy rejim
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida 5 yilgacha bo‘lgan muddatga xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
“Ishga marhamat” va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qituvchilariga imtiyozlar
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qituvchilari hamda muhandis ustalarini maqomi bo‘yicha professional taʼlim muassasalari pedagoglariga tenglashtirish hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi.

- hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bog‘liq real ekologik holatdan kelib chiqib “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik zonalarga ajratib boriladi;
- transport vositalariga ularning diagnostikasiga “yashil”, “sariq” va “qizil” stikerlar beriladi;
- ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanish cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari
BHMning 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratilishini nazarda tutuvchi “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkaziladi.
Mehnat muhojirlariga kompensatsiya to‘lanadi
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi:
- xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq – BHMning 5 baravarigacha miqdorda;
- yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun imtiyozli ipoteka
“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ajratiladi. Bunda:
- ipoteka kreditlari 120 mln so‘mgacha miqdorda, 20-yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
- ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foiz miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.
Toshkent va Nukusda hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etmaguniga qadar abonentlarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash joriy qilinmoqda (elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanmagan hududlar bundan mustasno). Cheklov chiqindi bo‘yicha 6 oylik qarzdorlik mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi.
Barcha hududlar brutto-shartnomalarga o‘tkazilmoqda
Nukus va boshqa viloyat markazlarida muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi ishga tushiriladi. Ilgari bu tizim:
- 2023-yil 15-apreldan – Toshkent shahrida;
- 2024-yil 1-yanvardan – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganchda joriy etilgan.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari maktablarning tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Yangi uylarga seysmik talablar o‘rnatilmoqda
8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalashtiriladi.
Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalashtiriladi.
Davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshadi
Davlat bolalar bog‘chasida bolalar taʼminoti uchun to‘lov miqdori joylashgan joyi, bo‘lish vaqti va bir oiladan boradigan bolalar soniga qarab o‘rtacha 18,7–21 foizga oshiriladi.
Xorijiy kompaniyalar uchun huquqiy rejim
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida 5 yilgacha bo‘lgan muddatga xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
“Ishga marhamat” va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qituvchilariga imtiyozlar
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘qituvchilari hamda muhandis ustalarini maqomi bo‘yicha professional taʼlim muassasalari pedagoglariga tenglashtirish hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlari tatbiq etiladi.
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar
Давлат тиббий суғуртаси
20-11-2024, 09:04
Tuproqqal'a tumani tibbiyot
30-09-2024, 15:54
Sаylov vа referendum oʼtkаzish tаrtibi
21-09-2024, 11:13
Nabirasining parvarishi uchun buviga
21-09-2024, 11:09
Xususiy tashkilotlar «dekret»
21-09-2024, 11:08