Yangiliklar 21-09-2024, 11:08

Xususiy tashkilotlar «dekret» nafaqalarini toʻlashga majburmi

Xususiy tashkilotlar «dekret» nafaqalarini toʻlashga majburmi


 

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashlari shart. Ushbu majburiyatdan boʻyin tovlash aybdor mansabdor shaхslarni BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solish bilan ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi. Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan boʻlsa, BHMning oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MK 49-moddasi). 

 Homiladorlik va tugʻish nafaqasini qanday toʻlash kerak

Homiladorlik va tugʻish nafaqasi mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va toʻlanadi. U homiladorlikning 30-haftasidan boshlab beriladi:

 126 kalendar kunga – tugʻishdan 70 kun oldin va tugʻishdan 56 kun keyin – tugʻruq asoratsiz oʻtganda;

 140 kalendar kunga – tugʻishdan 70 kun oldin va 70 kun oʻtgach – tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda.

Nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlari davrida (shu jumladan, sinov muddati va ishdan boʻshash kunida) sodir boʻlsa, toʻlanadi.

Toʻlov miqdori ishga kirgan kundan boshlab haqiqatda ishlagan vaqtga bogʻliq:

ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha – oʻrtacha oylik ish haqining 75%;

ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan oshsa – oʻrtacha oylik ish haqining 100%.

Homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

byudjet tashkilotlari tomonidan — mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasiga ajratiladigan byudjet mablagʻlari doirasida;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan o foyda soligʻini hisoblashda mazkur хarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

 Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti  Urazbayev Tursunboy


     Noyabr     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang