Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari
Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha o‘rganish va tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda - 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi. Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga 10 kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi. O‘zbekiston respublikasining 11.09.2017 yildagi “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘RQ-445-sonli qonunining 24-moddasiga asosan, davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxslariga kelib tushgan murojaatlar shu organ, tashkilot tomonidan yoki murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Tupproqqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
Boshyuristkonsulti Sadikova M
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |