Yangiliklar 13-06-2024, 11:02

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish

Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar bo‘lsa, uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa, uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

Ozbekiston Respublikasining 13.03.2020 yildagi  Ozbekiston Respublikasining fuqaroligi togrisida ORQ-610-son qonunining 14-moddasida    Ozbekiston Respublikasi hududida tugilganota-onasi (yolgiz otasi yoki onasifuqaroligi bolmagan shaxslar bolgan bola tugilganlik boyicha Ozbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

 

Tupproqqal’a tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish 

Boshyuristkonsulti Sadikova M


     Noyabr     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang