Yangiliklar 25-06-2024, 16:38

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik qanday ta’minlanadi

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik qanday ta’minlanadi


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 05.06.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-213-son qarori qabul qilindi.

 Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining 13-moddasida issiqхona gazlari ajratmalarini qisqartirish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda mamlakatlar tomonidan iqlim oʻzgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish choralari koʻrilishi hisobidan erishilgan natijalarni doimiy ravishda baholab borish maqsadida takomillashtirilgan shaffoflik tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.

 Bunda shaffoflik tizimi orqali issiqхona gazlari ajratmalari monitoringi natijalari va hisobotlarni, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashish jarayonlariga oid ma’lumotlarni jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish talab etiladi.

 Prezidentning 2022 yil 2 dekabrdagi “2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qarorida milliy miqyosda issiqхona gazlari ajratmalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi boʻyicha shaffoflik tizimini (MRV tizimi) yaratish va rivojlantirish nazarda tutilgan.

 Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlaydi.

 Iqtisodiyot va moliya vazirligi milliy shaffoflik tizimining milliy organi hisoblanadi va u quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

tarmoq muvofiqlashtiruvchilari ishini samarali yoʻlga qoʻyish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

2025 yildan boshlab har 5 yilda Parij bitimi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirni baholash asosida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish boʻyicha milliy majburiyatni belgilash;

MRV tizimi talablariga muvofiq taqdim etilgan ma’lumotlarning toʻliqligi, toʻgʻriligi va sifatini nazorat qilish;

iqtisodiyot tarmoqlarida issiqхona gazlari ajratmalari qisqartirilishini muvofiqlashtirish va tartibga solish;

MRV tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;

issiqхona gazlari ajratmalari qisqartirilishining milliy reyestrini joriy etish, qisqartirilgan issiqхona gazlarining milliy va хalqaro darajadagi savdosini muvofiqlashtirish, bunda birinchi navbatda milliy manfaatlarni inobatga olgan holda, хalqaro majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.

 2024 yil 1 dekabrga qadar Milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

 Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.


Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 


     Noyabr     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang