Yangiliklar Вчера, 09:11

O'zbekistonda 1 apreldan nimalar o'zgaradi

O‘zbekiston qonunchiligida 2026-yil 1-apreldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida ushbu sanadan joriy etiladigan asosiy o‘zgarishlar taqdim etildi.



Ayrim to‘lovlar faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Naqd puldan foydalanish amaliyoti asta-sekin kamayib, 2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Prezidentning PF-246-sonli farmoniga ko‘ra, 1-apreldan quyidagi to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi:
  • davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
  • elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan foydalanish uchun to‘lovlar;
  • spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari;
  • transport vositalariga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektr transportlarini zaryadlash xizmatlari;
  • qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;
  • ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
Farmonga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar 2030-yilga qadar yashirin iqtisodiyot ulushi ulushini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,3 baravarga
qisqartirish hamda aholining savdo va xizmatlar uchun naqdsiz to‘lov ulushini 75 foizga yetkazishga xizmat qiladi.
Chet elliklarga QQS qaytariladi
Respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga QQSni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Chet el fuqarolariga ularning ixtiyoriga asosan QQSni naqd pulda qaytarib olish imkoniyati yaratiladi.

unda qo‘shilgan qiymat solig‘ining belgilangan stavkasi miqdorining 85 foizi chet el fuqarosiga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishga, 15 foizi Tax Free tizimi operatorining xizmatlariga yo‘naltiriladi.
QQSni chet el fuqarolarining bank kartasiga qaytarish tovarlar olib chiqib ketilgan kundan keyin 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlarining bo‘sh maydonida bog‘chalar quriladi
Maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Byudjet buyurtmachilarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan taklif etilgan eng past import tovarlarining narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:
  • uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
  • ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;
  • bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz.
Ekologiyaga zarar yetkazganlarga sanksiyalar qo‘llanadi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibi joriy etiladi.

Bunda daryo o‘zanlarida noruda materiallarni noqonuniy qazib olish, suv resurslarini ifloslantirish, daraxt va butalarni g‘ayriqonuniy kesish yoki yo‘q qilish, ifloslantiruvchi moddalarni belgilangan meʼyordan ortiq miqdorda atmosfera havosiga chiqarganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida yoki yondirish uskunalarida shinalar, bitum, mazut, plyonka, sintetik karton, rezina, jun tolasi va shunga o‘xshash zararli komponentlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni yoqish ham maʼmuriy javobgarlikka olib keladi.
Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi olti kunlikdan besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. Bu prezidentning tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari ularning ishi navbatchilik asosida tashkil etiladi, deyiladi hujjatda.
Jarima ballari berish amaliyoti kengayadi
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi.

Hukumat qaroriga asosan, jarima ballarini transport vositasining mulkdori va undan fuqarolik-huquqiy munosabatlari, yaʼni ishonchnoma, sugʻurta polisi, yoʻl varaqasi asosida foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlash tartibi belgilangan.
Unga koʻra, avtomobil egasi tegishli axborot tizimida shaxsiy kabinet ochadi va mashinani boshqarish uchun kimgadir topshirishdan oldin, uning shaxsini shu kabinet orqali ko‘rsatadi.

     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang