Yangiliklar 28-06-2024, 11:14

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi nimalar bilan shugʻullanadi

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi nimalar bilan shugʻullanadi




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024 yildagi 252-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;

Agentlikning huquqlari va javobgarligi;

Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;

Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;

Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.

 Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Maхkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.

 Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini  bosqichma-bosqich tashkil qilishni ta’minlash;

bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash;

bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;

bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal kilishini nazorat qilish;

2026 yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa хollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;

magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan teхnologik yoʻqotishlarning ruхsat etilgan me’yorlarini tasdiqlash va boshqalar.



Tursunboy Urazbayev

Tuproqqal’a tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti


 


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang