Yangiliklar 27-03-2025, 12:49

“O'zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida”

“O'zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-455-son, 25.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, quyidagi soliq turlari bo'yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetida quyidagi miqdorlarda qoldiriladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'liq hajmda;

foyda solig'i to'liq hajmda;

QQS bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o'zgarishidan kelib chiqib, QQS bo'yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko'rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berildi.

2025-yilda ijtimoiy soliq tushumlari bo'yicha 2024-yilda amal qilgan taqsimlash me'yorlari saqlab qolinadi.

2025-yil uchun yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq quyidagi miqdorlarda tasdiqlandi:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun oltin bo'yicha – 10 foiz va palladiy, kumush, mis bo'yicha – 15 foiz;

“Navoiyuran” AJ uchun uran bo'yicha – 16 foiz;

“O'zbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati bo'yicha –15 foiz;

oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig'im 1 grammiga 2 000 so'm miqdorida.

Qarorga ko'ra, 2025-yilda uy-joy fondining ko'chmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun yer solig'i summasi 2024-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

2025-yil 1-iyulgacha tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo'ylashtiruvchi moddalar bo'lgan ichimliklar ro'yxatini shakllantirish, ular tarkibidagi shakar va boshqa moddalar miqdori hisobini yuritish va uni yangilab borish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning 2025–2027 yillar uchun byudjet mablag'laridan foydalanish bilan bog'liq maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari byudjetdan ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning to'liq bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti T.O. Urazboyev


     May     
DuSeChPaJuShYa
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang