Yangiliklar 17-09-2025, 16:37

Servitut to‘g‘risidagi shartnoma

Servitut to‘g‘risidagi shartnoma


Yer uchastkasiga nisbatan servitut to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga binoan, servitut to‘g‘risidagi shartnomada servitut belgilanishi kerak bo‘lgan yer uchastkasining kadastr raqami, servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari, shartnoma taraflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, servitutning amal qilish muddati, servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo‘lganda),shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi, belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati belgilangan.

Ommaviy servitutni o‘zgartirish va bekor qilish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Servitutni o‘zgartirish va bekor qilish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                                              boshlig‘i   S.Matnazarova

     May     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang