Nikohni bekor qilish uchun sudda davlat boji kimdan undiriladi?
Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish haqida sudga ariza yozgan bo‘lsa, o‘zaro kelishgan holda tomonlarning biridan undiriladi. Oila Kodeksiga muvofiq, sud nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarish paytida nikohdan ajratish to‘g‘risidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi berilayotganda er-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri to‘laydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ularning har biri to‘laydigan boj miqdorini belgilashi belgilangan.
Davlat boji summasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, takroriy nikohni bekor qilish uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida undiriladi.
Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i S.Matnazarova

Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Mehnat shartnomasini bekor qilishni

Sugʻurta tizimini yanada

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

Murojaatlarni berish muddatlari
