Yangiliklar 27-06-2025, 16:51

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish


             O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son  qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomga asosan,  “Yoshlar daftari”ni shakllantirish “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi: oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan, “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan, psixologik maslahatga muhtoj, nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila, dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan, yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritilishi belgilangan.  “Yoshlar daftari”ga yoshlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi. Bunda yoshlarning yashab turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasligi ularni “Yoshlar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. Ariza beruvchi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi uning “Yoshlar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini uch kun muddatda o‘rganib chiqadi va ariza beruvchining “Yoshlar daftari”ga kiritilishini tasdiqlaydi yoki rad etadi.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                                          boshlig‘i   S.Matnazarova

     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang