Sugʻurta tizimini yanada takomillashtirish

Prezident tomonidan 23.05.2025 yildagi «Mamlakatimizda qayta sugʻurta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-191-son Qaror imzolandi.
Hujjat bilan Milliy qayta sugʻurta kompaniyasi - «O'zbekiston qayta sug'urta kompaniyasi» tashkil etilmoqda. Tashkilort faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagicha: sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sugʻurta qilish turlarini amalga oshirish, хorijiy va mahalliy investorlarning respublika iqtisodiyotiga kiritadigan toʻgʻridan-toʻgʻri va portfel investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari boʻyicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sugʻurta himoyasini ta’minlash, хorijiy mamlakatlarning sugʻurta va qayta sugʻurta kompaniyalari bilan qayta sugʻurta masalalarida hamkorlik qilish va qayta sugʻurta operatsiyalarini amalga oshirish.
Kompaniyaning ustav kapitali 300 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi, shundan 50% davlat ulushi, 50% хususiy investorlar ulushi hisoblanadi.
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab qayta sugʻurta qildiruvchilar sugʻurta vositachilari ishtirokisiz, shuningdek, sugʻurta (qayta sugʻurta) brokerlari sugʻurta majburiyatlarini qayta sugʻurtalash uchun хorijiy sugʻurta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sugʻurta majburiyatlari boʻyicha qayta sugʻurtalash boʻyicha ofertani (qayta sugʻurtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) vakolatli davlat organi ta’sischiligida tashkil etilgan qayta sugʻurta tashkilotlariga yuborishi, keyinchalik (rad etilgan holatda yoki qolgan qismini) respublika hududida qayta sugʻurtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan sugʻurta tashkilotlariga yuborishi shart.
Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i S.Matnazarova
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Mehnat shartnomasini bekor qilishni

Sugʻurta tizimini yanada

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

Murojaatlarni berish muddatlari
