Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2025 yildagi 602-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Inspeksiya – bu oʻz vakolatlari doirasida quyidagilar yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi organi: qurilish-montaj ishlarining sifati va ularning tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi (avtomobil yoʻllari va yoʻl sun’iy inshootlari bundan mustasno); koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish (хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, ularning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan); issiqlikdan foydalanish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha хizmat koʻrsatish hamda undan foydalanish.
Inspeksiyaning asosiy vazifalari: ob’yektlarda ularning seysmik mustahkamligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlaridan foydalanishning oldini olish; koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ularga tutash yer uchastkalarini saqlash va ulardan foydalanishda teхnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishi va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik; ichimlik suvini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yer osti suvlari quduqlarining teхnik holati va ulardan foydalanish shartlariga, shuningdek ularni qazish (burgʻilash) qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; iste’molchilarni ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlari bilan qamrash; sohaga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish, davlat nazoratining toʻliq raqamlashtirilishini ta’minlash.
Tuproqqal’a tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshyuriskonsulti M.Sadikova
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Urganch shaxar 2-son oilaviy

Oʻzbekiston Respublikasining 20.10.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
