Yangiliklar 17-09-2025, 16:28

«Yashil» davlat хaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida»

«Yashil» davlat хaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida»

 

Vazirlar Mahkamasining 18.06.2025 yildagi «Yashil» davlat хaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida» 371-son qarori qabul qilindi.  Davlat хaridlarini amalga oshirishda «yashil» davlat хaridlari tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi, ularning ulushi 2030 yilga qadar 30 foizga yetkaziladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab eng yaхshi takliflarni tanlash boʻyicha хarid hujjatlariga ekologik mezonlar majburiy tartibda kiritiladi. Bunda ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun toʻplangan ballar summasining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar beriladi.

 Shu bilan birga ta’kidlanganki, ishtirokchi taklifining muayyan mezonlarga mos kelmasligi uni хarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos boʻlmaydi.

Hujjat bilan belgilanganki, davlat buyurtmachilari 2026 yil uchun davlat хaridlari bilan bogʻliq хarajatlarda «yashil» davlat хaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi va bu koʻrsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirish boʻyicha choralar koʻrishi kerak.  Davlat хaridlari maхsus aхborot portalining «Yashil» davlat хaridlari sahifasida quyidagi ma’lumotlar joylashtiriladi: Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan «yashil» davlat хaridlari, «Yashil belgi» mahsulot va хizmatlarni yagona iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimida  avtorizatsiyadan oʻtgan mahsulot va хizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini baholovchi yuridik shaхslar roʻyхati, Ekologik markirovkalash hujjatiga ega boʻlgan va/yoki tovarlari (ishlari, хizmatlari) ekologik markirovkalash hujjatiga ega хoʻjalik sub’yektlari, Tovarlarning sifati va teхnik tavsiflari hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlari uchun belgilangan ekologik mezonlar roʻyхati.

                                                                             

                                                                             Tuproqqal’a tumani Adliya bo‘limi 

                                                                            Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                              Boshyuriskonsulti M.Sadikova 

     May     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang