Yangiliklar 5-09-2025, 16:45

Ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar

Ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar

 

Qonunhchilikda homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi belgilangan.

Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to‘lovlar bilan ta’minlagan holda amalga oshiradi.

Muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ish beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan ayollarni ishga joylashtirishi shart.

Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlanib qoladi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult M.Sadikova.


     May     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang