Yangiliklar 10-09-2025, 16:52

Ma’muriy ish yuritishda dalillar

Ma’muriy ish yuritishda dalillar

Ma’muriy ish yuritishda dalillar ma’muriy ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan haqiqiy holatlar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlardan iborat bo‘lib, O‘RQ-457-son Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi Qonuniga ko‘ra,  ma’muriy organning ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxsi mazkur ishni xolisona, har tomonlama va to‘g‘ri ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan dalillarni yig‘ishni amalga oshirishi belgilangan. 

Ma’muriy organ ma’muriy ish yuritishning ishtirokchilari tomonidan dalil sifatida taqdim etiladigan hujjatlarning shakliga nisbatan talablar qo‘yishga haqli emas.

Ma’muriy organ faqat ma’muriy ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi. Ma’muriy organ har bir dalilni ishonchlilik, daxldorlik va maqbullik nuqtai nazaridan hamda dalillarning hammasini yetarli darajada to‘planganligi bo‘yicha baholaydi.

Qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan holatlarni boshqa hech qanday vositalar bilan tasdiqlash mumkin emas.

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult T.O‘razboyev.


     Fevral     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang