Yangiliklar 24-11-2025, 12:18

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida

                                                               Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida

           Korrupsiya – davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishiga eng katta to‘sqinlik qiluvchi omillardan biridir. U davlatning fuqarolarga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi, raqobatni cheklaydi, byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish – eng muhim vazifalardan biri bo‘lib, davlat organlari, fuqarolik jamiyati va biznes subyektlarining hamkorligini talab qiladi.                                                             
          Korrupsiyani turlari: Pora olish va pora berish – eng ko‘p uchraydigan korrupsiya turi, Mansab vakolatini suiiste’mol qilish – o‘z lavozimini shaxsiy manfaat uchun ishlatish,davlat mablag‘larini talon-toroj qilish – byudjet pulini noqonuniy sarflash, Nepotizm va favoritizm – qarindosh yoki tanishlarga imtiyoz berish, g‘arazli kelishuvlar – davlat xaridlari va tender jarayonlaridagi noqonuniy kelishuvlar,
          Korrupsiyaning hayotimizda  iqtisodiy o‘sishga: investorlar ishonchining pasayishi, raqobatning buzilishi, ijtimoiy adolatsizlik: teng imkoniyatlarning cheklanishi, davlat boshqaruvida ishonchning yo‘qolishi, byudjet resurslarining yo‘qotilishi, huquqiy madaniyatning pasayishiga salbiy ta’sir qiladi. 
         Korrupsiyaning oldini olishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdan iboratdir. Bunda, davlat xaridlarini to‘liq raqamlashtirish, ochiq ma’lumotlar portallarini rivojlantirish, davlat organlarining hisobot berish tizimini kuchaytirish, elektron hukumat, “yagona darcha”, onlayn litsenziyalash, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari inson omilini kamaytiradi va korrupsiya ehtimolini pasaytiradi.
          Korrupsiya yo‘q bo‘lgan jamiyatda iqtisodiy barqarorlik, fuqarolarga bo‘lgan ishonch va adolat tamoyillari mustahkamlanadi. Har bir fuqaro korrupsiyani rad etish orqali mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
 
                                                                                                                           Tuproqqal’a tumani adliya
                                                                                                                           bo‘limi boshlig‘i  Sh. Boltayeva

     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul
Veb-saytimiz faoliyatini baholang