Yangiliklar 28-03-2025, 12:55

Hukumat qarori bilan (8-son, 11.01.2025 y.) “Vazirlar Mahkamasining qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi”

Hukumat qarori bilan (8-son, 11.01.2025 y.) “Vazirlar Mahkamasining qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi”

Qarorga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:

umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasbiy ta'lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;

“online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta'lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;

ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro'yxatidan o'tgan;

umumiy ovqatlanish bo'yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;

oshxona faoliyati yo'nalishi bo'yicha maxsus jihozlarga ega bo'lgan;

shartnoma va sud hujjatlari bo'yicha zimmasida ijara hamda soliq to'lovlaridan qarzdorligi mavjud bo'lmagan.

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti T.O. Urazboyev


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang