Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish

Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat kodeksining 170-moddasiga asosan, oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun hisoblanishi belgilangan. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yoxud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi.
Ish beruvchining buyrug‘ida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari mehnat Kodeksning yoxud tegishli qonunning moddasiga havola qilingan holda aniq muvofiq tarzda ko‘rsatilishi kerakligi belgilangan bo‘lib, bunda mehnat shartnomasi xodim tomonidan mehnat majburiyatlari bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi munosabati bilan bekor qilinganda, ish beruvchining buyrug‘ida ichki mehnat tartib qoidalarining bandi, tashkilot rahbariga nisbatan mehnat shartnomasining bandi, o‘ziga nisbatan intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan esa xodim bilan mehnat shartnomasi qaysi mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishini sodir etganlik uchun bekor qilingan bo‘lsa, o‘sha qoidabuzarlikni nazarda tutuvchi intizom to‘g‘risidagi tegishli ustavning yoki nizomning moddasi (bandi) qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishi kerak.
Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i S.Matnazarova

Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Mehnat shartnomasini bekor qilishni

Sugʻurta tizimini yanada

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

Murojaatlarni berish muddatlari
