Yangiliklar 24-06-2025, 09:44

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi   Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilariga ushbu Nizomda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Inson” markazlari tomonidan ularning yoshiga muvofiq shakllantiriladigan individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasi asosida alohida murojaat qilish talab etilmagan holda ko‘rsatiladi. Bunda: yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga ijtimoiy yordamlarni ko‘rsatish uchun “Inson” markazi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasi asosida tavsiyanoma shakllantiriladi hamda tegishli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishini tashkil etish uchun “Ijtimoiy himoya” AT orqali elektron shaklda hududiy boshqarmalarga yuboriladi;

yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola bo‘yicha shakllantiriladigan individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasi ushbu bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va yashash sharoitlaridan kelib chiqqan holda doimiy yangilab boriladi;

ijtimoiy yordam ko‘rsatilayotgan yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola yoxud ularning qonuniy vakili tegishli ijtimoiy yordamdan foydalanishni to‘xtatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;

Hududiy boshqarmalar tomonidan “Inson” markazlarining dalolatnomasi kelib tushgan vaqtdan boshlab yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga ijtimoiy yordam ko‘rsatish to‘xtatiladi.

Yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan vaucherga muvofiq tanlangan buyurtmaning xarid narxi va vaucherda ko‘rsatilgan miqdordagi mablag‘ o‘rtasida salbiy farq mavjud bo‘lganda, yetim bola yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola yoxud ularning qonuniy vakillari tomonidan dastlab ushbu salbiy farq summasi to‘lanishi lozim.

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi 

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 Boshyuriskonsulti M.Sadikova 


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang