Yangiliklar 24-06-2025, 09:51

Amaliyotni tashkil etish

Amaliyotni tashkil etish


 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvardagi 11-son bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, amaliyotni tashkil etish uchun oliy ta’lim tashkiloti rektorining buyrug‘i bilan amaliyot o‘tash muddati va joyi, mas’ul shaxslar, amaliyot o‘taydigan talabalar va amaliyot bo‘yicha rahbarlar ro‘yxati tasdiqlanishi belgilangan.

Bunda 1 va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun amaliyot o‘tash ularning individual imkoniyatlari va sog‘lig‘ining holatini hisobga olgan holda tashkil etiladi hamda  amaliyot davomida talabalarga yetarli ko‘nikma va malakalar shakllantirish maqsadida ish joyini o‘zgartirishga ruxsat etiladi.

Amaliyot o‘taydigan talabaning ish vaqti davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasidan ortiqcha belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Amaliyot davomida talaba oliy ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan amaliyot kundaligini yuritadi. Amaliyot kundaligida kunlik yoki haftalik bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Kundalik tarmoq korxonasidagi mas’ul rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Amaliyot o‘tash uchun yuborilgan talaba turar joy bilan talabani yuborgan oliy ta’lim tashkiloti yoki tarmoq korxonasi tomonidan ta’minlanishi mumkin.

Oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) amaliyot o‘tash jarayonida tarmoq korxonasi bilan birgalikda talabaning xavfsizligi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.

Amaliyot o‘tash davrida talabaga tarmoq korxonasidagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek, amalda bo‘lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.

Amaliyot bo‘yicha ishlar oliy ta’lim tashkilotining tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki oliy ta’lim tashkilotining amaliyot masalalari bilan shug‘ullanish majburiyati yuklangan tarkibiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtiriladi.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                                          bosh yuriskonsult M.Sadikova

     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang