Yangiliklar 24-06-2025, 10:03

Ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar

Ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar

 

Qonunchilikda homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi belgilangan.

Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to‘lovlar bilan ta’minlagan holda amalga oshiradi.

Muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ish beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan ayollarni ishga joylashtirishi shart.

Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlanib qoladi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.

 

 

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                                           bosh  yuriskonsult M.Sadikova

     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang