Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul qilish tartibi
O‘qish uchun talabgor Kasb-hunarga o‘qitish markaziga quyidagilarni taqdim etadi:
Kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan belgilangan namunaga muvofiq tanlangan kasbga o‘qitish yo‘nalishini va o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini ishlatishga roziligini tasdiqlashni ko‘rsatgan holda ariza, Pasport nusxasi, ma’lumoti va mavjud malakasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar to‘plami, Ariza va to‘plamga kiruvchi boshqa hujjatlar Kasb-hunarga o‘qitish markazida taqdim etilgan kundan boshlab 5 yil davomida saqlanadi. Agar ushbu hujjatlar qog‘oz shaklida berilgan bo‘lsa, ular raqamlashtirilib elektron ko‘rinishda saqlanishi ham mumkin.
Kasb-hunarga o‘qitish markazi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘qish uchun talabgorga o‘qitiladigan kasb (mutaxassislik) nomini, o‘qish boshlanishi muddati va joyini, o‘qishning to‘liq qiymatini va shartnomaning boshqa muhim shartlarini ko‘rsatgan holda o‘qish shartnomasi loyihasini yuboradi.
Taklif etilayogan o‘qitish kursi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan, o‘qish muddati va joyi, o‘quv jarayonining rejimi va boshqa xususiyatlari, shuningdek, Kasb-hunarga o‘qitish markazining tijorat bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari (kvitansiya blankasi rekvizitlari) ko‘rsatilgan holda shartnomaga ilova qilinadi.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsult M.Sadikova.
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Mehnat shartnomasini bekor qilishni

Sugʻurta tizimini yanada

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

Murojaatlarni berish muddatlari
