Yangiliklar 24-06-2025, 10:06

REPO bitimi

REPO bitimi

Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli qog‘ozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni qaytarib sotish sotib olish majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlarning shartnomada belgilangan sotish sotib olish narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida Repo shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchi va repo shartnomasi bo‘yicha sotuvchi tegishincha REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi deb e’tirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlar REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasiga asosan,  REPO stavkasi hisobot soliq davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkinligi belgilangan.

REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq to‘lovchi tomonidan repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qo‘yiladigan talablarga va REPO operatsiyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya etilmaganda, repo shartnomasi bekor qilinganda, REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

 

 Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult M.Sadikova.


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang