Yangiliklar 24-06-2025, 10:12

Ijtimoiy himoya yagona reestri

Ijtimoiy himoya yagona reestri


 

18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani tayinlash «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2020 yildagi PQ-4797-son qaroriga muvofiq,  “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish, maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish, ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish, san’at maktablari, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish,kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez — ortopediya moslamalari bilan ta’minlash, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olishlar ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar belgilangan.  

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                                          bosh yuriskonsult M.Sadikova

     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang